PSJ Fransiya klublarining XXI asrdagi yagona natijasini takrorladi
Sport
−
30 aprel 1520 1 daqiqa
Fransiyaning PSJ klubi Yevropa Chempionlar ligasining 2024/2025 yilgi mavsumi yarim finali birinchi o‘yinida Londonning “Arsenal” klubini mehmonda 1:0 hisobida mag‘lub etdi.
Shu tariqa Luis Enrike shogirdlari 21-asrda so‘nggi 34 yil ichida Yevropa Chempionlar ligasi yarim finalida mehmonda g‘alaba qozongan birinchi fransuz klubi bo‘ldi. Bunday holat oxirgi marta 1991 yilda «Marsel» - “Spartak” o‘yinida sodir bo‘lgan (3:1).
Parijliklar va londonliklar o‘rtasidagi javob o‘yini 7 may kuni bo‘lib o‘tadi.
Qayd etish joiz, PSJ joriy mavsum Yevropada trebl qilish imkoniyatini saqlab qolayotgan 2 ta klubdan biri hisoblanadi. Muddatidan avval mamlakat chempionatida g‘olib bo‘lgan parijliklar kubok va YeCHLda g‘olib bo‘lish uchun ham yaxshi imkoniyatga ega.
Live
Barchasi