PSJ Enrikega umrbod shartnoma taklif qilmoqchi
Sport
−
22 dekabr 577 1 daqiqa
Parijning PSJ klubi Luis Enrikega uzoq muddatli shartnoma, hatto umrbod shartnoma deb ta’riflangan variantni taklif qilish imkoniyatini jiddiy ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda AS nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, o‘tgan mavsumdagi muvaffaqiyatlardan so‘ng Parij klubi Luis Enrikega ishonmoqda. Klub rahbarlari “Barselona”ning sobiq murabbiyi bilan hamkorlikni iloji boricha uzoqroq davom ettirishga qat’iy qaror qilishgan va Enrikeni bu loyihadagi asosiy shaxs deb bilishmoqda.
Enrike joriy yilning 17 dekabr kuni Qatarda futbol bo‘yicha Qit’alararo kubokning final uchrashuvida Braziliya “Flamengo” klubini penaltilar seriyasida mag‘lub etib, musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritdi. Ushbu muvaffaqiyat fransuz gigantlari uchun bir yilda 7 ta sovrinni qo‘lga kiritish imonini berdi. Shundan so‘ng klub ispaniyalik mutaxassisga butkul ishonmoqda.
Shu bilan birga, bu mavsumda jamoani qiynayotgan jarohatlar bilan bog‘liq muammolarga qaramay, PSJ yana Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish uchun jiddiy nomzod sifatida qaralmoqda.
Ma’lumot uchun, ispaniyalik murabbiyning amaldagi shartnomasi esa 2027 yil iyun oyida yakunlanadi.
Live
BarchasiPutin Imomali Rahmonga ta’ziya bildirdi.
22 dekabr