PSJ “Chelsi” yulduzini transfer qilishga tayyorlanmoqda 

Sport

image

Fransiyaning PSJ klubi Londonning “Chelsi” jamoasi yarim himoyachisi Enso Fernandesni transfer qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda “The Touchline” nashri xabar berdi.  

Manbaga ko‘ra, Parij klubi yaqin vaqt ichida 25 yoshli futbolchining transferini amalga oshirishga umid qilmoqda. Xabarda aytilishicha, bu masalada Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichida PSJ va “Chelsi” o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan qarama-qarshilik muhim ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Parijliklar London klubini musobaqadan chiqarib yuborish Fernandes bilan shartnoma imzolash imkoniyatlarini oshiradi, deb hisoblamoqda. Agar “Chelsi” turnirni erta tark etsa, argentinalik futbolchini yozgi transfer oynasida klubni tark etishga ko‘ndirish va muzokaralarni osonlashtirish mumkinligi aytilmoqda.

Hozirda Enso Fernandes “Chelsi”da yiliga taxminan 10 million yevro maosh oladi. Agar London klubi bilan kelishuvga erishilsa, PSJ futbolchining moliyaviy talablarini qondirishga tayyor.

Ma’lumot uchun, joriy mavsumda yarim himoyachi “Chelsi” safida 42 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning London klubi bilan shartnomasi 2032 yilgacha amal qiladi. “Transfermarkt” ma’lumotlariga ko‘ra, Ensoning bozor qiymati 90 million yevroni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, PSJ va “Chelsi” jamoalari o‘rtasidagi Chempionlar ligasi 1/8 final dastlabki uchrashuvi 5:2 hisobida parijliklar foydasiga hal bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

PSJ “Chelsi” Entso Fernandes

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing