PSJ bir qator futbolchilaridan qutulmoqchi

Sport

image

Fransiyaning PSJ klubi futbol maslahatchisi Luish Kampush bir necha klub a’zolaridan toqati toq bo‘lganligini aytdi. Bu haqda “Le Parisen” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, PSJ bir necha futbolchilarni transferlar ro‘yxatiga kiritadi yoki ular bilan shartnomani uzaytirmaydi. Parij jamoasini tark etishi mumkin bo‘lgan futbolchilar orasida yarim himoyachilar Vitinya, Renatu Sanches, Fabian Ruis va Karlos Soler, himoyachilar Xuan Bernat va Serxio Ramos, hujumchi Ugo Ekitike bor.

Yuqorida nomlari keltirilgan futbolchilardan faqat Vitinya PSJdagi so‘nggi o‘yinlarda faol harakat qilmoqda. U Liga 1 doirasida “Lans” bilan o‘yinda (3:1) o‘zini ko‘rsatib, 1 ta gol va golli uzatmaga mualliflik qildi.


Maqola muallifi

Teglar

PSJ futbol Luish Kampush

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing