PSG bilan bir o‘yinchi uchun kurash “Real”ga qanchaga tushishi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Ispaniyaning “Real Madrid” jamoasiga “Monako” yarim himoyachisi Aureliyen Tchuamenini sotib olish 116 million yevroga tushishi mumkin. Bu haqda “RMC Sport” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, agarda shartnomadagi barcha bonuslar faollashtirilsagina, Madrid klubi yarim himoyachi uchun 116 million yevro pul to‘laydi.

Transfer pulidan tashqari, “Monako” olishi mumkin bo‘lgan maksimal bonus miqdori 20 million yevroni tashkil qiladi. Qayd etish joizki, 10 million yevroni faollashtirish juda oson. Yana 10 million yevroni olish esa ancha qiyin bo‘ladi. Bundan tashqari, “Real Madrid” transferning 19 foizlik soliq majburiyatini ham o‘z zimmasiga oladi.

Avvalroq, Aureliyenga PSJ tomonidan taklif bo‘layotgani haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, Parij klubi yarim himoyachi uchun "Real"dan ko‘ra ko‘proq pul to‘lashga tayyor edi, biroq futbolchi Madrid klubiga o‘tishni ixtiyor qilgan.

Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan mavsumda Tchuameni “Monako” safida 47 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt” portali fransiyalik  futbolchini 40 million yevroga baholamoqda.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

12

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing