PSJ a’zosi Benzemaning natijasini yaxshiladi
Sport
−
14 dekabr 2023
2033PSJning 17 yoshli a’zosi Uorren Zair-Emeri Yevropa Chempionlar ligasida gol urgan eng yosh fransiyalik futbolchiga aylandi. Bu haqda Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) o‘z sahifasida ma’lum qildi.
PSJ yarim himoyachisi 17 yoshu 280 kunligida “Borussiya Dortmund” bilan o‘yinda (1:1) gol urdi.
2005 yilda tug‘ilgan Zair-Emeri 17 yoshu 352 kunlik bo‘lganida “Lion” safida gol urgan Karim Benzemaning natijasini yaxshiladi.
Yevropa Chempionlar ligasi guruh bosqichi 6-turida PSJ safarda “Borussiya” bilan durang qayd etgach, o‘z guruhida 2-o‘rinni band etib, pley-offga yo‘l oldi. Musobaqaning 1/8 finaliga 16 dekabr kuni qur’a tashlanadi.