“Propiska” muammosini bartaraf etamiz
Biznes
−
12 dekabr 2019
7581Afsuski, o‘z yurtida o‘zi bemalol ishlay olmaslik, o‘zining puliga o‘zi istagan joydan turar joy sotib ololmaslik kabi holatlar mavjud. Buning oqibatida boshqaning nomiga uy olib aldanib qolganlar soni yetarlicha topiladi.
Bu borada partiya “Propiskadan o‘tish” tizimiga yangicha yondoshish kerak deb hisoblaydi. Jumladan, fuqarolarimizning o‘z xohish-istaklaridan kelib chiqib, doimiy yashash joyini o‘zi belgilash huquqini ta’minlash masalasini ko‘rib chiqish tashabbusini ilgari surmoqda.
O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi vatanimizning har bir fuqarosi mamlakat bo‘ylab erkin harakatlana olishiga qaratilgan Konstitutsiyaviy huquqini to‘liq ta’minlanishi lozim deb hisoblaydi.
Inomjon Kudratov,
Sirdaryo viloyati Adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari
Telegram: https://t.me/adolat_uz
Facebook: https://www.facebook.com/sdpu.adolat
Instagram: https://instagram.com/adolat_sdp
Sayt: www.adolat.uz
LiveBarchasi