Prokuror Urgutga hokim bo‘ldi
Jamiyat
−
05 avgust 13872 1 daqiqa
Bugun, 5 avgust kuni Samarqand viloyatining Urgut tumaniga yangi hokim tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bugun xalq deputatlari Urgut tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazilgan. Samarqand viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev ishtirok etgan sessiyada 2020 yilning noyabr oyidan buyon Urgut tumani hokimi sifatida ishlab kelgan Botir Shukurovich Jabborov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan o‘z lavozimidan ozod etilgan.
Uning o‘rniga esa Dilmurod Bastamovich Sayidqulov Urgut tumani hokimi etib tayinlangan. Bunga qadar u Samarqand viloyati prokurori o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.
Eslatuib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatining Payariq tumaniga Shunqor Farmonovich Xudoyberdiyev, Toyloq tumaniga esa Behzod Rahmatullayevich Rahmatullayev hokim etib tayinlangani haqida xabar berilgandi.