Prokuror Navalniyni 3,5 yilga koloniyaga yuborishni talab qildi

Olam

image

Avvalroq Moskvada Rossiya muxolifati yetakchisi Aleksey Navalniy ustidan sud jarayoni bo‘lib o‘tayotgani xabar qilingandi. Moskva shahar sudi prokurori Federal jazoni ijro etish xizmati (FJIEX)ning Aleksey Navalniyni shartli hukm talablarini buzgani uchun shartli qamoq jazosini haqiqiy 3,5 yilga almashtirish bo‘yicha taklifini qo‘llab-quvvatladi

“Men suddan FJIEXning shartli jazoni haqiqiy jazo bilan almashtirish to‘g‘risidagi iltimosnomasini qondirishni so‘rayman. Men Navalniyni umumiy rejimdagi koloniyada 3,5 yilga jazoga tortilishini talab qilaman. Simonovskiy sudining qarori kuchga kirguniga qadar men sudlanuvchini hibsga olish tarzidagi profilaktika chorasi tanlanishini talab eting” deydi prokuror.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Navalniy hukmni ijro etishdan g‘ayriqonuniy ravishda qochib ketgani aniqlangan va Germaniyada davolanganidan so‘ng, u buni amalga oshirishi mumkin bo‘lsada, Federal jazoni ijro etish xizmatiga xabar bermagan. U butun mamlakat bo‘ylab erkin harakatlanib, turli joylarga tashrif buyurgan va ommaviy axborot vositalariga intervyular bergan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

112

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing