Prokuratura Yangi-Angren IESdagi portlash bo‘yicha tekshiruv boshladi
Jamiyat
−
20 yanvar 2021 6119 1 daqiqa
Avvalroq Yangi-Angren issiqlik elektr stansiyasining profilaktika choralarini ko‘rish uchun to‘xtatilgan 5-energiya blokida chang-ko‘mirli havo aralashmasining chaqnashi oqibatida portlash sodir bo‘lgani haqida xabar bergan edik. O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi holat yuzasidan tekshiruv harakatlari boshlanganini ma’lum qildi.
Chaqnash oqibatida kelib chiqqan yong‘in oqibatida 3 nafar ishchi voqea joyida vafot etgan, yana 3 nafari turli darajadagi kuyish tan jarohatlari bilan shifoxonaga murojaat qilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Angren shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr