Prokuratura saylovga oid yana bir tekshiruv boshladi
Jamiyat
−
25 dekabr 2019
5396O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi yana bir saylov uchastkasida saylov jarayoniga qo‘pol tarzda aralashilgan holat bo‘yicha tekshiruv boshladi. Bu safar poytaxt Toshkentning Bektemir tumanidagi 105-saylov uchastkasidagi holat bo‘yicha.
Joriy yilning 22 dekabr kuni saylovlarda ovoz berish jarayoni tugashi oz qolganda 105-saylov uchastkasida saylov komissiyasi a’zolari ovoz berish qutisiga avvaldan tayyorlangan byulletenlarni tashlagani aks etgan video tarqaldi.
Bosh prokuratura tomonidan Toshkent shahar, Bektemir tumani 105-saylov uchastkasidagi holati tekshirilmoqda va tekshirish natijasi bo‘yicha xabar qilinadi.
Bungacha prokuratura tomonidan deputatlikka nomzodga tahdid qilingani, AQSHdagi fuqaroning nomzodi ilgari surilgani, amaldorning bayonnoma asl nusxasiga hech nima yozmaslikni buyurgani, Sergeli, Olmazor, Koson, Yashnobod tumanlaridagi saylovlar bo‘yicha tekshiruv boshlagandi.
LiveBarchasi