Prokuratura Katta Farg‘ona kanaliga cho‘kkan yigit haqida ma’lumot berdi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumanida o‘zini Katta Farg‘ona kanaliga tashlagan voyaga yetmagan Abdulaziz Abdurasulov qidirilayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Farg‘ona viloyati prokuraturasining ma’lum qilishicha, mazkur holat yuzasidan Yozyovon tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, 2020 yil 22 dekabr kuni Yozyovon tumanida tug‘ilgan, 2-sonli kasb-hunar maktabi o‘quvchisi Abdulaziz Abdurasulov voyaga yetmagan tanishlarini oldida Katta Farg‘ona kanalining Yozyovon tumani "Taraqqiyot" mahalla hududidan o‘tgan qismiga o‘zini tashlab, suvdan qaytib chiqmagan.

Voyaga yetmagan Abdulaziz Abdurasulovni qidirib topish yuzasidan barcha zarur choralar ko‘rilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Katta Farg'ona

Baholaganlar

3887

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing