62 yoshli erkak qidirilmoqda. U Katta Farg‘ona kanalida cho‘kib ketgan bo‘lishi mumkin

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Katta Farg‘ona kanali yana bir fuqaroni oqizib ketgan bo‘lishi mumkin. Bu safar 1959 yili Andijon shahrida tug‘ilgan fuqaro A. K. kanalning Izboskan tumanidan o‘tuvchi hududi baxtsiz hodisaga yuz tutgan bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 4 nafar farzandning otasi bo‘lmish fuqaro shu yilning 28 fevral kuni Izboskan tumanidagi “Bo‘ston” MFYda istiqomat qiluvchi qarindoshlarinikiga kelgan va shu kunning o‘zida bedarak yo‘qolgan. 1 mart kuni tuman ichki ishlar bo‘limiga yo‘qolganligi to‘g‘risidagi xabar kelib tushgan.

Viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, bedarak yo‘qolgan fuqaro Katta Farg‘ona kanaliga cho‘kib ketgan bo‘lishi mumkin va shu bois 1 mart kunidan boshlab  1 ta motorli qayiq, 1 nafar otryad boshlig‘i va 4 nafar g‘avvoslar ishtirokida qidiruv ishlari olib borilmoqda.   

Shu kungacha kanalning  Izboskan tumanining Bo‘ston MFY hududidan o‘tuvchi qismidan 5 km. masofagacha bo‘lgan qismida qidiruv ishlari olib borildi.

Avvalroq, Katta Farg‘ona kanalida ikki nafar voyaga yetmagan bola cho‘kib ketgani haqida xabar bergan edik. Ulardan biri bundan 2,5 oy avval cho‘kib ketgan va mart oyi boshida topilgandi. Ikkinchisi sport mashg‘uloti vaqtida cho‘kib ketgan va oradan bir necha kun o‘tib topilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Katta Farg'ona

Baholaganlar

273

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing