Profilaktika inspektorlari yordamchilarining vazifalari belgilandi
Jamiyat
−
27 mart 2019
10995O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan “Profilaktika (katta) inspektorlarining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchilari faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida xabar berildi.
Nizom bilan profilaktika inspektorlari yordamchilarining asosiy vazifalari hamda funksiyalari belgilandi. Voyaga yetmaganlar va yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish shular jumlasidandir.
Nizomda profilaktika inspektorlari yordamchilarining huquq va majburiyatlari ham aks ettirilgan bo‘lib, ular fuqarolardan sodir etilayotgan har qanday huquqbuzarliklarni to‘xtatishni talab qilishi mumkin.
Profilaktika inspektorlari yordamchilari tuman ichki ishlar organlari boshliqlari tavsiyasiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, viloyatlar va Toshkent shahar IIB boshliqlari tomonidan lavozimga tayinlanadi.
Profilaktika inspektorlari yordamchilari 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan, harbiy xizmatni o‘taganlar orasidan tanlab olinadi. Ular “Mahalla posboni” a’zolari, “Fidokor yoshlar” guruhlari va “Jamoatchilik nazorati maskanlari” faoliyatiga rahbarlik qiladi.
Samalari faoliyat yuritgan profilaktika inspektorlari yordamchilari ichki ishlar oganlari kadrlari zaxirasiga kiritiladi.
Shuningdek, nizomda profilaktika inspektorlari yordamchilari faoliyatini baholash mezonlari, monitoring qilish tartibi belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamoat xavfsizligini ta’minlash samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmalari rahbarlari lavozimlari tugatilishi belgilangandi.
LiveBarchasi