Professional va oddiy klublar o‘rtasidagi farqni jamoatchilik tushunayotgani katta yutuq – Diyor Imomxo‘jayev

Sport

image

O‘zPFL bosh direktori Diyor Imomxo‘jayev ayni vaqtda Toshkentning “Paxtakor” futbol klubidagi holat, jamoada yuzaga kelgan muammoli vaziyatlar haqida fikr bildirdi.

“So‘nggi uch hafta davomida “Paxtakor” qiyin davrni boshdan o‘tkazdi deyish mumkin. Klub kelajagi borasida qator savollar mavjud edi va ularning hammasiga ham hozirga qadar javob topilmadi. Biroq “Paxtakor” bir necha yillardan buyon to‘g‘ri tizimda faoliyat olib kelayotgani sababli moliyaviy muammolar jamoaning kayfiyatidan boshqa narsaga ta’sir o‘tkazayotgani yo‘q, ish bir maromda davom etyapti. Asosiy futbolchilar va mutaxassislar bilan bir necha yillik shartnomalar imzolangani, klub strukturasidagi mutaxassislar o‘z vazifasi his qilishi klubning shunchaki sochilib ketmasligiga sabab bo‘ladi. Oylik-maoshlar kechikishi mumkin, biroq ish to‘xtab qolmaydi”, deydi Imomxo‘jayev.

Shuningdek, O‘zPFL bosh direktori klublarda homiylarning o‘zgarishi ish tizimiga qanday ta’sir o‘tkazishi bo‘yicha ham fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Bizning sharoitda shunday – homiylar, investorlar o‘zgarib turishi mumkin. Biroq ish bir tekis davom etishi uchun klub to‘la shakllangan bo‘lishi muhim ahamiyat kasb etadi. “Paxtakor”, “Nasaf”, “Bunyodkor”, AGMK, “Metallurg”, “Lokomotiv”, “Turon”, “Sho‘rtan” kabi klublar shunday ishlayapti. Professional futbol klubi va shunchaki futbol jamoasi o‘rtasidagi farq qanday ekanligini o‘zbek futboli jamoatchiligi tobora tushunib borayotgani bizning katta yutug‘imiz”, deydi u.

Eslatib o‘tamiz, 8 fevral kuni O‘zPFL yangi mavsum taqvimi bilan bog‘liq muammolardan qanday chiqmoqchi ekanligi ma’lum bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Paxtakor O'zPFL

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing