Professional provokatorlar fosh etilishi kerak – To‘qayev

Olam

image

Qozog‘iston manfaatlariga zid harakat qilayotgan professional provokatorlarni fosh etish kerak. Bu haqda Prezident Qosim-Jomart To‘qayev Qozog‘iston politsiyasining 30 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda aytib o‘tdi.

Prezident faollar siyosiy partiya va harakatlarni tashkil etish istagini, ichki va tashqi siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan turli fikr va qarashlarini bildirayotganini ta’kidladi. Unga ko‘ra, bu ko‘p jihatdan fuqarolik jamiyatining yetukligini aks ettiruvchi tabiiy jarayondir. Shunga qaramay, faollarning barcha xatti-harakatlari, jumladan, norozilik namoyishlari amaldagi qonunchilikka, sog‘lom fikrga qat’iy amal qilishi nihoyatda muhim.

“Qonunni buzish, noqonuniy xatti-harakatlar qilish, jumladan, ichki ishlar organlari xodimlarining insoniy qadr-qimmati, sha’niga qarshi qaratilgan harakatlarni sodir etishga haqli deb hisoblagan shaxslar qonunchiligimizda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi. Qozog‘iston milliy manfaatlariga zid, davlatimiz muxoliflari manfaatlarini ko‘zlab ish tutayotgan professional provokatorlar fosh etilishi kerak”, degan To‘qayev.

Bundan tashqari, To‘qayev qozog‘istonliklarni to‘g‘ri va xolis bo‘lishga chaqirgan.

Eslatib o‘tamiz, To‘qayev tadbirdagi nutqida tarixni unutmaslikka, xususan, mamlakat Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning mustaqil Qozog‘iston davlatini qurishdagi xizmatlarini qadrlashga chaqirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Qosim-Jomart To'qaev

Baholaganlar

101

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing