Prigojinning qayerdaligini bilmayman – Peskov

Olam

image

Rossiya Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Yevgeniy Prigojinning qayerda ekanligi haqida hech qanday ma’lumotga ega emasligini aytdi.  U bu haqda bugun, 29 iyun kuni Kremlda jurnalistlar bilan “Vagner” atrofidagi vaziyat to‘g‘risidagi o‘tkazgan brifingida aytib o‘tgan.

"Menda bunday ma’lumotlar yo‘q, men bu haqda hech narsa bilmayman", deydi Peskov Yevgeniy Prigojinning qayerdaligini bilishi yoki yo‘qligi haqidagi savolga javob berar ekan.

Peskov, shuningdek, Prigojin bilan aloqada bo‘lgan xavfsizlik kuchlari va harbiylarning lavozimlaridan iste’foga chiqarilishi yoki chiqarilmasligi haqidagi savolga javob bermagan. 

"Bu savol mutlaqo mening vakolatimga kirmaydi", deydi u.

Eslatib o‘tamiz, Yevgeniy Prigojin 24 iyun kuni muvaffaqiyatsiz amalga oshirilgan isyondan so‘ng g‘oyib bo‘lgandi. Keyinroq uning matbuot xizmati unga tegishli ovozli xabarni e’lon qildi. Xarbiy bloger Vladimir Romanov esa uning hibsga olinganini yozgan.

Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko 27 iyun kuni “Vagner” guruhi rahbari Yevgeniy Prigojin 24 iyundagi kelishuvga asosan Belarusda ekanligini ma’lum qilgan. Rossiya Prezidenti Putin, uning belaruslik hamkasbi Aleksandr Lukashenko va “Vagner” rahbariyati o‘rtasida bo‘lib o‘tgan ushbu muzokaralarda tomonlar “Rossiya hududida qonli qirg‘in”ga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida kelishib olgan. Lukashenko "Vagner" rahbaridan, ayniqsa, tinch aholi orasida qurbonlar bo‘lmasligini talab qilganini tasdiqladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Prigojin unga guruhning tinch aholini o‘ldirish maqsadi yo‘qligi haqida qasam ichgan.

Sevara Husniddinova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Peskov Prigojin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing