Prigojinning isyonidan so‘ng Shoygu ilk bor ko‘rinish berdi
Olam
−
26 iyun 2023
17049Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vaziri Sergey Shoygu “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi rahbari Yevgeniy Prigojinning harbiy isyonidan so‘ng birinchi marta ko‘rinish berdi. U Ukrainadagi G‘arbiy kuchlar guruhi birlashmalaridan birining “qo‘mondonlik punktini” tekshirdi. Bu jarayon Rossiya Mudofaa vazirligi e’lon qilgan videolavhada aks etgan.
Aytilishicha, Sergey Shoygu u yerda guruh qo‘mondoni, general-polkovnik Yevgeniy Nikiforovning hisobotini tinglagan.
Ba’zi Telegram kanallarida qayd etilganidek, bu “Vagner” harbiy qo‘zg‘olonidan keyin iste’foga ketishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar paydo bo‘lganidan so‘ng Mudofaa vaziri haqidagi birinchi yangilikdir.
Biroq ba’zi manbalarga ko‘ra, Shoyguning G‘arbiy qo‘shinlar guruhiga safari Rossiyada isyon boshlanishidan oldin bo‘lgan va Mudofaa vazirligi bu tasvirlarni saqlab qo‘ygan bo‘lishi mumkin.
“Bunday sharoitda vazirning jangovar ishi va “maxsus harbiy operatsiya”ning majburiyatini ko‘rsatadigan videoni chiqarish mutlaqo tushunarli ishdir”, deb yozgan “Ribar” Telegram-kanali.
Aytish joizki, “Vagner” harbiy qo‘zg‘olonidan keyin Mudofaa vaziri Sergey Shoyguning iste’foga chiqishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar paydo bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, 24 iyun kuni “Vagner” jangchilari Rostovdagi Janubiy harbiy okrug shtab-kvartirasini egallab olgandi. Prigojin Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu va Bosh shtab boshlig‘i Valeriy Gerasimov “Vagner”ga topshirilishini so‘ragan va Moskvagacha borishini bildirdi. Bu orada Moskvada ham xavfsizlik choralari kuchaytirildi. Rossiya Federal xavfsizlik xizmati esa Prigojinga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Kechga borib Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko Rossiya Federatsiyasi Prezidenti bilan kelishilgan holda “Vagner” rahbari Yevgeniy Prigojin bilan muzokara olib borgani ma’lum bo‘ldi. Muzokaralar yakunida Rossiya hududida qurolli kuchlar harakatini to‘xtatish va keskinlikni yumshatish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Prigojin ham Moskvaga ketayotgan qo‘shinlari ortga qaytarilganini ma’lum qildi.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15