Prigojin Rossiyada – Lukashenko 

Olam

image

"Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi asoschisi Yevgeniy Prigojin hozirda Rossiyada, uning jangchilari esa doimiy lagerlarida. Bu haqda Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko xorijiy va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda ma’lum qildi.  

“Bugun ertalab menga ma’lum bo‘lishicha, jangchilar Baxmutdan keyin o‘z lageriga olib ketilgan. Yevgeniy Prigojinga kelsak, u Sankt-Peterburgda. Balki u Moskvaga ketgandir, lekin u Belarus hududida emas”, degan Lukashenko.

Shuningdek, u “Vagner” jangchilarining Belarusga ko‘chishi kompaniya rahbariyati va Rossiya rasmiylariga bog‘liq ekanini aytgan.

"Agar ular Belarusda ma’lum miqdordagi jangchilarni dam olish, mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun joylashtirish zarur deb hisoblasa, men o‘z qarorimni bajaraman",  degan u.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Prigojinga qurolli qo‘zg‘olon yuzasidan ochilgan jinoiy ish bo‘yicha Sankt-Peterburgda tintuv paytida qo‘lga kiritilgan naqd pullar qaytarilgandi. Pulni Prigojinning haydovchisi olib ketdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Belarus' Lukashenko Vagner Prigojin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing