Tramp JSSTga ultimatum qo‘ydi. Muhlat 30 kun
Olam
−
19 may 2020
12229AQSH Prezidenti Donald Tramp JSST Bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesusga maktub yo‘lladi. Maktubda qayd etilishicha, tashkilot keyingi 30 kun ichida “sezilarli yaxshilanishni“ o‘z zimmasiga olmasa jiddiy choralar ko‘rilishi mumkin.
“AQSH Prezidenti sifatidagi vazifamdan kelib chiqib, agar Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti keyingi 30 kun ichida sezilarli yaxshilanishlarga erishmasa, men JSSTning moliyaviy mablag‘larini doimiy ravishda muzlatib qo‘yish va ushbu tashkilotga a’zoligimizni qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risida qaror qabul qilaman“, deydi Tramp.
U amerikalik soliq to‘lovchilarning pullarini AQSH manfaatlariga mos kelmaydigan harakatlar qiluvchi tashkilotga sarf qilmasligini bildirib o‘tdi.
“Men amerikalik soliq to‘lovchilarga hozirgi sharoitda AQSH manfaatlariga mos kelmaydigan tashkilotni moliyalashtirishni davom ettirishiga qarab turolmayman“, deydi Tramp.
Prezident o‘z maktubida JSST koronavirusning turli ogohlantirish belgilarini e’tiborsiz qoldirgani va tashkilotning Xitoyga nisbatan pozitsiyasini tanqid qilgan bir qator ayblovlarni ilgari surgan.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, JSST ishonchni tiklashning yagona yo‘li “Xitoydan mustaqil ekanini“ namoyish etishdir.
LiveBarchasi