Prezidentlikka sobiq nomzod Agrar universitetiga rektor bo‘ldi
Jamiyat
−
19 noyabr
15532Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan Narzullo Naimovich Oblomurodov Toshkent davlat agrar universitetining rektori etib tayinlandi. Bu haqda Bosh vazir matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov xabar berdi.
Shuningdek, Sevara Bahodirovna Shokirova Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Ma’lumot uchun, Narzullo Oblomurodov 1975 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. 1996 yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan va o‘qishni Buyuk Britaniyada davom ettirgan. 2000 yilda Birmingem universitetini tamomlagan. 2000 yildan O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida, xususan, Toshkent moliya institutida, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida Ilmiy xodim, kafedra mudiri, fakultet dekani lavozimlarida ishlagan. U 2021 yilgi saylovda Ekologik partiyadan O‘zbekiston prezidentligiga nomzod sifatida ko‘rsatilgan va shu yili 24 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan ovoz berish natijalariga ko‘ra, 4,1 foiz ovoz olgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq To‘lqin Teshaboyev Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining rektori etib tayinlangandi.