Prezidentlikka nomzod Ramasvami AQSHni NATOdan chiqarish niyatida – OAV
Olam
−
06 yanvar
8361AQSHda Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Vivek Ramasvami 2024 yilgi prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonsa, mamlakatni NATO tarkibidan chiqarmoqchi. Bu haqda “Politico” uning bayonotidan xabardor manbalarga tayanib, ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, agar Ramasvami yoki NATO bo‘yicha o‘z fikrini baham ko‘radigan boshqa siyosatchi g‘alaba qozonsa, Shimoliy Atlantika ittifoqining kunlari “sanoqli bo‘ladi”.
"Respublikachilardan nomzod Vivek Ramasvami ko‘p odamlarga Qo‘shma Shtatlarni NATOdan chiqishini aytdi", deyiladi maqolada.
“Politico” nashrining yozishicha, Ramasvami bunday qadam tashlashning vaqti allaqachon o‘tgan deb hisoblagan.
Shu bilan birga, siyosat bo‘yicha katta maslahatchi Trisha Maklaflin NATO bilan bog‘liq rejalari haqida to‘g‘ridan to‘g‘ri izoh berishdan bosh tortgan, ammo alyans haqidagi pozitsiyasini rad etmagan.
“Vivek NATO ittifoqchilarining aksariyati harbiy sarmoyaviy majburiyatlarini bajarmayotganidan jiddiy xavotirda. Shuningdek, u NATOning Sovuq urushdan keyingi kengayishi Rossiya bilan yirik mojaro xavfini asossiz ravishda oshirganiga ishonadi”, deydi Maklaflin.
Nashrga ko‘ra, siyosatchining AQSHning alyansdagi o‘rni haqidagi fikriga qaramay, Ramasvami mamlakatni jahon siyosatidan butunlay chiqarib tashlashga intilmayapti.
AQSHda prezidentlik saylovi 2024 yil 5 noyabrga belgilangan. Ramasvami asosiy nomzodlar orasida Donald Tramp(52,1%) va Ron DeSantis(15,1%) dan keyin 6,1 foizlik natija bilan uchinchi o‘rinda turibdi.