Prezidentlik saylovi o‘tgan deb hisoblanishi uchun yetarlicha saylovchilar ovoz berdi – MSK

Jamiyat

image

O‘zbekistonda prezident saylovi o‘tgan, deb hisoblanishi uchun yetarlicha saylovchilar ovoz berib bo‘ldi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi ma’lum qildi.

Soat 11:00 ga qadar umumiy saylovchilarning 6,6 million nafari yoki 33 foizdan ziyodi ovoz bergan.

“O‘zbekiston Respublikasi prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, saylov, agar unda saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan saylovchilarning 33 (o‘ttiz uch) foizidan kami ishtirok etgan bo‘lsa, o‘tmagan deb topiladi.

Ma’lumot uchun, Markaziy saylov komissiyasi jami 21,2 mln saylovchini ro‘yxatga olgan.

Hozirgacha O‘zbekiston Prezidentligiga nomzodlar – Shavkat Mirziyoyev (O‘zLiDep), Alisher Qodirov (“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi), Bahrom Abduhalimov (“Adolat” sotsial-demokratik partiyasi), Maqsuda Vorisova (Xalq-demokratik partiyasi) va Narzullo Oblomurodov (Ekologik partiya) o‘z ovozini berib bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

saylov

Baholaganlar

223

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing