Prezidentlar Mbappening ziyofatida ishtirok etmadi
Sport
−
22 may
3527Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron PSJ hujumchisi Kilian Mbappening klubni tark etishi munosabati bilan o‘tkazilgan xayrlashuv kechasida qatnashmadi. Bu haqda “Le Parisien” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Kilian Makronni mehmonlar ro‘yxatiga kiritgan va haqiqatan ham kelishiga umid qilgan, biroq prezident kechaga tashrif buyurmadi.
Shuningdek, parijliklar prezidenti Nosir Al-Xelayfi ham kechki ovqatga kelmadi. U Mbappe bilan ziddiyatda, chunki futbolchining ketish qaroridan norozi.
Qayd etish joiz, kechki ovqat 20 may kuni kechqurun Parij markazidagi italyan restoranlaridan birida bo‘lib o‘tdi. Unda jamoaning hozirgi va sobiq futbolchilari hamda klub xodimlari ishtirok etdi.