Prezidentga murojaati bilan tanilgan prokuror ishdan olindi. Nimalar ma’lum?

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Respublika idoralararo komissiyasi tomonidan olib borilgan o‘rganishdan keyin o‘z lavozimiga qaytgan Buxoro shahar prokurori Jasur Fozilovning muddatidan oldin nafaqaga chiqarilgani haqidagi xabarlar tarqalmoqda. Vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida QALAMPIR.UZ O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi Matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov bilan bog‘landi.

Matbuot kotibining ta’kidlashicha, Buxoro shahar prokurori Jasur Fozilov o‘z xohishiga ko‘ra lavozimidan ozod qilingan.

“Jasur Fozilov o‘z xohishiga ko‘ra lavozimidan ozod qilingan. Uning nafaqaga chiqarilgani haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. U hozirda kadrlar ixtiyorida. Rahbariyat lozim topgan lavozimga tayinlanishi mumkin”, deydi Hayot Shamsutdinov.

Eslatib o‘tamiz, Buxoro shahar prokurori sifatida faoliyat yuritayotgan Jasur Fozilov bundan biri necha kun oldin ijtimoiy tarmoqlar orqali videomurojaatlar bilan chiqish qilgan edi. Unda Jasur Fozilov turli qonunbuzarliklarni tilga olgan edi.

Hech qancha vaqt o‘tmay, Bosh prokuratura tomonidan Buxoro shahridagi tadbirkorning Buxoro shahar prokurori Jasur Fozilovning noqonuniy xatti-harakatlari haqidagi arizasi tekshirilayotgani haqidagi bayonoti e’lon qilindi.

Shundan so‘ng Buxoro shahar prokurori Jasur Fozilovning murojaati yuzasidan Respublika idoralararo komissiyasi tuzilgan edi.

Keyinchalik, Jasur Fozilov lavozimiga qaytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

2246

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing