Prezidentdan “dux” olgan tadbirkor Savdo-sanoat palatasi boshqarmasiga rahbar bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining Navoiy viloyati boshqarmasiga Merey Erali qizi Omonboyeva rahbar etib tayinlandi. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi xabar berdi. 

Merey Omonboyeva palataning boshqarmasiga boshliq etib tayinlangan ilk ayol bo‘ldi. 

Ma’lumot uchun, Omonboyeva 1997 yili Navoiy viloyatining Nurota tumanida tug‘ilgan. Navoiy davlat pedagogika institutini tamomlagan. Faoliyati davomida xususiy tadbirkorlik sub’ektlarida ishlagan. 2023 yildan hozirga qadar mas’uliyati cheklangan jamiyat rahbari lavozimida ishlab kelgan. Shuningdek, u 2020 yilda Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlangan.

2021 yilning avgust oyida Prezident Shavkat Mirziyoyevning Navoiy viloyatiga tashrifi davomida o‘tkazilgan tadbirda tadbirkor Merey Omonboyeva so‘zga chiqib, Prezidentning viloyatga kelganidan “dux” olganini aytgan. Shavkat Mirziyoyev esa unga avtomobil sovg‘a qilinishini bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Navoiy Merey Omonboeva

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing