Prezidentdan aktyorgacha. Rossiya 963 nafar amerikalikka sanksiya kiritdi

Olam

image

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi saytida Rossiya Federatsiyasiga doimiy asosda sayohat qilish taqiqlangan Amerika fuqarolarining ro‘yxati e’lon qilindi. Ro‘yxatga 963 kishi kiritilgan.

Tashqi ishlar vazirligi saytida e’lon qilingan ro‘yxatga AQSH Prezidenti Jo Bayden, Prezidentning o‘g‘li Xanter Bayden, AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken, Mudofaa vaziri Lloyd Ostin, Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Uilyam Berns kabi 963 nafar AQSH fuqarosi kiritilgan. Shuningdek, ro‘yxatda taniqli kinoaktyor Morgan Friman ham bor.

Bayonotda aytilishicha, “Rossiyaning qarshi sanksiyalari majburiy xarakterga ega bo‘lib, AQSH rasmiylarini “yangi geosiyosiy voqelikni tan olgan holda o‘z xatti-harakatlarini o‘zgartirishga” majburlashga qaratilgan.

TIV axborotida Rossiya qarama-qarshilikka intilmaysligi va muloqotga tayyorligi ta’kidlangan.


Maqola muallifi

Teglar

sanktsiya

Baholaganlar

375

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing