Prezident jurnalistlar bilan uchrashdi. Yig‘ilishga 9 ta OAV vakili kelmadi
Olam
−
04 noyabr 2019
8423Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov o‘tgan hafta shanba kuni Qirg‘iziston OAV rahbarlari va mamlakatda akkreditatsiyadan o‘tgan xorijiy ommaviy axborot vositalarining muxbirlari bilan uchrashdi. Ushbu uchrashuvga taklif qilinganlardan 9 ta OAV vakillari Prezident bilan muloqotga kelmagan. Bu haqda davlat rahbari Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Anjumanga “Piramida” telekanali, “Knews”, “Interfaks”, “Eldik.media” va “Tuz.kg” axborot agentliklari “Maral” radiosi, “Respublika”, “Aziya nyus”, “Moskovskiy komsomolets” gazetalari vakillari kelmagan.
Yig‘ilishda Prezident jurnalistlarning savollariga javob bergan. Ikki soatdan ortiq davom etgan anjumanda 26 ta savolga javob berishga ulgirilgan. Unda dolzarb ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy masalalar yuzasidan fikr almashilgan.
Davlat rahbari 2018 yil mart oyida xuddi shunday formatdagi birinchi uchrashuvda samarali, ochiq muloqot bo‘lib o‘tganini, turli masalalar bo‘yicha yaxshi takliflar bildirilganini mamnuniyat bilan xotirlagan.
U ommaviy axborot vositalari mamlakat rivojiga, davlat boshqaruvi tizimining shaffofligi va samaradorligini oshirishga hissa qo‘shayotganini ta’kidlagan.
Sooronbay Jeenbekov prezidentligining ustuvor yo‘nalishlari haqida gapirdi. U mintaqalarni rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirish, mamlakatni raqamlashtirish, sud-huquq islohotlari, korrupsiyaga qarshi kurash, investitsiya muhitini yaxshilash, ijtimoiy sohani va qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash borasida batafsil to‘xtalib o‘tgan.
Bundan tashqari, Prezident Soronbay Jeyenbekov transchegaraviy muammolar, mamlakatning tashqi siyosati va poytaxtdagi noqonuniy voqealarga oid savollarga javob berdi va yaqin kelajakdagi rejalari haqida batafsil gapirdi.
Davlat rahbari bilan uchrashuvda quyidagi media-kanallarning rahbarlari ishtirok etdilar: OTRK, ElTR, TRK Mir, New TV, NTS, Pyatыy kanal, 7-kanal, Next TV, Praym TV;
axborot agentliklari: Kabar, AKIpress, 24.kg, Vesti.kg, Sputnik Kыrgыzstan, Kaktus.media, Kloop, Elgezit, Govori.TV;
gazetalar: “Kыrgыz Tuusu”, “Erkin Too”, “Slovo Kыrgыzstana”, “Vecherniy Bishkek”, “Super Info”, “Novыye litsa”, “De Fakto”, “Faktы”, “Delo №”, “Jaңы Ordo”, “Obestvennыy reyting”, “Maydan”, “Fabula press”, “Kutbilim”, “Achыk sөz”;
radio: BBC, Ozodlik;
mamlakatda akkreditatsiyadan o‘tgan xorijiy ommaviy axborot vositalarining muxbirlari: Reuters, Frans-press, ITAR-TASS, RIA Novosti, Rossiyskaya gazeta, Komsomolskaya pravda, VGTRK “Rossiya”.
LiveBarchasi