Prezident juma kuni 26 ta telekanalda chiqish qiladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24 yanvar, juma kuni Oliy Majlis palatalariga murojaatnoma yo‘llaydi.

Prezident murojaatnomasi “O‘zbekiston” Milliy telerakdiokopmaniyasining “O‘zbekiston 24”, “O‘zbekiston”, “Yoshlar”, “Mahalla”, “Madaniyat va ma’rifat”, “O‘zbekiston tarixi”, “Dunyo bo‘ylab”, “Oilaviy”, “Toshkent” hamda 12 ta hududiy teleradiokanallarda efirga uzatiladi. 

Murojaatnomani mamlakatdagi 5 ta nodavlat telekanal – “MY5”, “Sevimli”, “UzReport”, “MilliyTV” va “Zo᾽rTV” orqali ham tomosha qilish mumkin. Shuningdek, Prezidentning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ham murojaatnoma to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etiladi.

Aholining barcha qatlamlarini qamrab olish maqsadida murojaatnoma surdo hamda rus va ingliz tilidagi tarjima bilan namoyish etiladi.

Murojaatnoma efirga uzatilishi vaqtiga hozircha aniqlik kiritilmagan.

Bu Shavkat Mirziyoyevning parlamentga yo‘llagan uchinchi murojaatnomasi bo‘ladi. O‘zbekistonda Prezident murojaati an’anasi 2017 yilda boshlangan edi. O‘shanda u 4 soatdan ortiq davom etgandi. 2018 yildagi murojaatnoma esa uncha uzoq bo‘lmagan. Ammo galdagi murojaatnomaga juda katta hozirlik ko‘rilmoqda. Davlat rahbarining o‘zi 20 yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisi va Senatning birinchi majlisida, shuningdek, 21 yanvar kuni bo‘lib  o‘tgan Oliy Majlis palatalari qo‘shma majlisida bu yilgi murojaatnoma juda katta bo‘lishi, unda ko‘plab dolzarb masalalar muhokama qilinishini aytgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Prezident murojaatnomasi

Baholaganlar

303

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing