Prezident Jovenel Moiz o‘ldirilishidan oldin qiynoqqa solingan — Gaiti hukumati

Olam

image

Gaiti Prezidenti Jovenel Moizga hujum qilganlar uni o‘ldirishdan oldin qiynoqqa solgan. Bu haqda Gaiti Bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Klod Jozef ABC News telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Yollanma askarlar Prezident qarorgohiga kelishdi, ular Moizni qiynoqqa solishdi va ular o‘ldirishdi. Biz adolatga erishishimizga qat’iy ishonamiz”, deydi Jozef hujumning 20 ga yaqin ishtirokchisi ushlangani va ular javobgar bo‘lishi kerakligini qo‘shimcha qilib. 

Shuningdek, u Gaiti hukumati Prezidentga qilingan suiqasdni hal qilishni eng muhim vazifa deb bilishini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, Jovenel Moiz 7 iyulga o‘tar kechasi Gaiti poytaxti Port-o-Prinsdagi qarorgohida o‘ldirildi. Uning rafiqasi o‘qotar quroldan jarohat oldi va dastlab mahalliy shifoxonaga yotqizildi, keyinchalik davolanish uchun AQSHga ko‘chirildi.

Shundan so‘ng, Prezidentini o‘ldirishda gumon qilinganlar qo‘lga olindi

Ma’lumot o‘rnida, Gaiti Senati (parlamentning yuqori palatasi) o‘z spikeri Jozef Lamberni Respublikaning muvaqqat Prezidenti deb e’lon qilgan

 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

319

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing