Prezident Jomboyda mahalla faollari bilan suhbatlashdi

Jamiyat

image

Bugun, 10 fevral kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi “Toshkent” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘ldi.

“Bu yerda 4 mingdan ortiq aholi yashaydi. O‘ndan ortiq do‘kon, maishiy xizmat shoxobchalari, oshxona va qandolat sexida xotin-qizlar va yoshlar ish bilan band. Ming o‘rinli maktab, musiqa va san’at maktabi, 600 o‘rinli bolalar bog‘chasi bor. Mahalla guzarida tashkil etilgan o‘quv maskanida shu yerlik ishsiz ayollarga tikuvchilik sirlari o‘rgatilyapti”, deyiladi Prezident matbuot xizmati xabarida.

Qayd etilishicha, joriy etilgan mamlakatda mahallabay ishlash bo‘yicha yangi tizimi asosida, Jomboy tumanidagi 38 ta mahallaga ham hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari tayinlandi. Prezident ular bilan suhbatlashdi.

Hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari o‘zlari mas’ul mahalladagi o‘rganish natijalari, muammolarni hal etish bo‘yicha rejalarini so‘zlab berdi. Yordamga muhtoj oilalar a’zolari kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitilishi, o‘zini o‘zi band qilish uchun imtiyozli kredit va subsidiya berilishi, dehqon xo‘jaligi uchun yer maydonlari ajratilishi aytildi.

Bu yil Jomboyda mahallabay tizim orqali tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash uchun 62 milliard so‘m imtiyozli kredit va 4,5 milliard so‘m subsidiya ajratish ko‘zda tutilgan.

Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, sportga jalb etish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ham muhimligi ta’kidlandi.

1


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

101

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing