Prezident Jasliqdagi koloniyani tugatdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 avgust kungi PQ-4414-sonli “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 19-son ixtisoslashtirilgan Jazoni ijro etish koloniyasini tugatish to‘g‘risida”gi qarori bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jasliq qo‘rg‘onida joylashgan 19-son ixtisoslashtirilgan jazoni ijro etish koloniyasini tugatish belgilandi.

Qaror bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumani, Jasliq qo‘rg‘onida joylashgan 19-son ixtisoslashtirilgan jazoni ijro etish koloniyasi (keyingi o‘rinlarda – 19-son JIEK) tugatiladi.

19-son JIEKning binolari, inshootlari va mavjud mol-mulklarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Nukus shahrida joylashgan 2-son Tergov xibsxonasi balansiga o‘tkazib beriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzurida 19-son JIEKni tugatish bo‘yicha komissiya tashkil etiladi va o‘rnatilgan tartibda kompleks tashkiliy-huquqiy choralarni amalga oshiriladi.

19-son JIEKda saqlanayotgan mahkumlar sud tomonidan belgilangan tartib turiga muvofiq ravishda ichki ishlar organlarining boshqa jazoni ijro etish koloniyalariga o‘tkaziladi.

Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh.Nizomiddinov zimmasiga yuklanadi.


Maqola muallifi

Teglar

qaror Jasliq

Baholaganlar

195

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing