Prezident “Zamonaviy qishloq” loyihasi bilan tanishdi
Jamiyat
−
21 may 2020
4773Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga safari chog‘ida "Zamonaviy qishloq" loyihasi taqdimoti bilan tanishdi.
Shu borada Paxtaobod tumani Bo‘stonobod qishlog‘i hamda Qo‘rg‘ontepa tumani “Yangi hayot” mahallasi uchun dastlabki reja ishlab chiqilgan. Unga muvofiq, qishloq hududlarga zarur muhandislik kommunikatsiyalari tortilib, ko‘p qavatli uylar quriladi. Ular, avvalo, bir uyda ko‘pchilik yashayotgan, muhtoj oilalarga beriladi.
Shavkat Mirziyoyev bu borada Andijon tajribasini yaratish kerakligini ta’kidladi. Buning uchun alohida loyiha ishlab chiqish, “Zamonaviy qishloq”dagi uylarni boshqa turar joylarga nisbatan arzon qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Shu yerda viloyatda kambag‘allikni qisqartirish, ipoteka kreditlari asosida yakka tartibdagi uylarni qurish-ta’mirlash loyihalari muhokama qilindi.
LiveBarchasi