Prezident “Yunusobod” va “Turkiston” metro bekatlarini ochib berdi

Jamiyat

Bugun, 29 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent metropolitenining Yunusobod liniyasining quriliish yakunlangan yangi stansiyalari bilan tanishdi. Bu haqda "O‘zbekiston 24" telekanali lavhasida xabar qilindi.

Loyiha doirasida 2,9 km uzunlikdagi metro yo‘li va “Yunusobod” va “Turkiston” metro bekatlari barpo etildi va "Shahriston" bekatiga ulandi.

Prezident qurilishi tugallangan metro bekatlarini ko‘zdan kechirib, sinov tariqasida bekatlar orasida harakatlandi.

Prezident stansiyalardagi sharoit bilan tanishib chiqdi. Endilikda “Yunusobod” va “Turkiston” bekatlari orqali kuniga 7,5 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish mumkin.

Ma’lumot uchun, “Yunusobod” liniyasining "Yunusobod" va "Turkiston" bekatlarigacha bo‘lgan uzunligi 2,9 kilometrdan iborat bitkazilmay qolgan hududida 2016 yil dekabrida Prezident tashabbusi bilan qurilish ishlari qayta boshlangandi.

Ushbu loyiha "O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyatining "Ko‘prikqurilish tresti" unitar korxonasi tizimidagi 67-Ko‘prikqurilish otryadi mutaxassislari tomonidan bajarildi. "Toshkent metro loyiha" mas’uliyati cheklangan jamiyati loyihalari asosida bunyodkorlik ishlari bajarilgan ob’ektning umumiy qiymati 103,8 million AQSH dollarini tashkil etadi. 


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

116

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing