Prezident Yunusobod tumani hokimi nima uchun ishdan olinganini aytdi

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, joriy yilning yanvar oyi oxirlarida Toshkent shahar Yunusobod tumani hokimi Jahongir Ibrohimov lavozimidan ozod etilgan edi. Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 2 fevral kuni o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida Ibrohimovni nega ishdan olganiga aniqlik kiritdi. 

Prezident Yunusobod tumani hokimining ishdan olinganini misol sifatida keltirib, qolganlar ham bundan to‘g‘ri xulosa chiqarishi kerakligini aytdi. 

“Yunusobodda kuz mavsumida 20 ming daraxt ko‘chatlari ekish rejasi bor-yo‘g‘i 43 foizga bajarilgani uchun tuman hokimini ishdan oldik”, deydi davlat rahbari. 

Prezident Bosh vazir Abdulla Aripovga yuzlanib, qolgan hokimlarning ham bu boradagi faoliyatiga baho berish kerakligini urg‘uladi. 

“Kecha qiziltepaning yangi hokimi (tadbirkor) 70 million bir yilda investitsiya kiritaman deb katta-katta loyihalarni ko‘rsatdi. Mana, zamonaviy hokimlar. 

Bu noinsoflarga, kechirasiz qo‘polroq bo‘lsa ham, aytyapmiz, qo‘lidan keladi-ku. Bu investitsiya olib kelish emas-ku. Yo yo‘qmi? U salgina o‘zini qiynab, o‘zi egilib, hisob-kitob qilib, odamlarni safarbar qilib, erta turib, kech yotishi kerak edi. Shuni ham qilmagan”, deydi davlat rahbari. 

Ma’lumot uchun, Jahongir Ibrohimov Yunusobod tumani hokimi lavozimida roppa-rosa bir yil faoliyat yuritdi. U 2021 yilning 15 yanvar kun ushbu lavozimga tayinlangan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Jahongir Ibrohimov

Baholaganlar

1002

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing