Bektemir tumaniga ham yangi hokim tayinlandi
Jamiyat
−
25 avgust 2020
9173Bugun, 25 avgust kuni Xalq deputatlari Bektemir tuman Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda tumanga yangi hokim tayinlash masalasi ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilish yakuniga ko‘ra, Jahongir Bahodirovich Ibrohimov Toshkent shahrining Bektemir tumaniga hokim etib tayinlandi.
Jahongir Ibrohimov 1982 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan.
2006 yilda Toshkent arxitektura-qurilish institutini tamomlagan.
2017-2020 yillarda Sirdaryo viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yilning iyul oyidan boshlab Bektemir tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Shohrux Baxtiyorovich Mamajonov o‘tgan hafta lavozimidan ozod etilgan edi.
LiveBarchasi