Prezident tashrifidan keyin Bektemir hokimi ishdan olindi

Jamiyat

image

Toshkentning Bektemir tumani hokimi Shohrux Baxtiyorovich Mamajonov lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda “Gazeta.uz” o‘z manbasiga tayanib xabar berdi.

Sektor rahbarlari — prokuror, ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i va davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i ham lavozimidan bo‘shatilgan.

Joriy yilning 21 avgust kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bektemir tumanini aylangandi. Prezident tashrifi davomida tumanda ishsizlik darajasi 3,3 foiz, shu jumladan, ayollar orasida 1,7 foiz, yoshlar o‘rtasida 1,5 foiz ekani qayd etilgandi.

Shuningdek, maktabgacha ta’lim muassasalari yetishmasligi, qator mahallalarda ichki yo‘llar holatining yomonligi, kommunal tizimlarda ham kamchiliklar borligi ko‘rsatib o‘tildi.

Shoxruh Mamajonov Bektemir tumanida 2018 yil iyuldan buyon rahbarlik qilib kelayotgan edi.

 

Maqola muallifi

Teglar

Bektemir Shohrux Mamajonov

Baholaganlar

244

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing