Prezident YTHlarning asosiy sabablarini ma’lum qildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda yo‘l-transport hodisalari ko‘pincha haydovchilarning qoidalarni mensimasligi sabab yuz beradi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Xavfsiz va ravon yo‘l” tamoyili asosida yo‘llarda inson xavfsizligini ta’minlash borasidagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida aytib o‘tdi.

Yig‘ilishda sohadagi ayanchli holat statistik ma’lumotlar asosida tanqidiy tahlil qilingan. Tahlillar ko‘rsatishicha, avariyalarning:

•    45 foizi haydovchilarning qoidalarni mensimasligi;

•    10 foizi haydovchilarning tajribasizligi;

•    25 foizi yo‘l holati va infratuzilmasi talabga javob bermasligi;

•    20 foizi piyodalarning qoidalarga amal qilmasligi oqibatida sodir bo‘lmoqda.

“Yuqoridagi muammolarning barchasi ham ijtimoiy, ham iqtisodiy, ham xavfsizlik masalalariga bevosita bog‘liq. Shu bois, 2022 yilda barcha hududlarda “Xavfsiz yo‘l va xavfsiz piyoda” umummilliy dasturini amalga oshiramiz”, dedi Prezident.

Ta’kidlanishicha 2021 yilda aniqlangan 7,7 million huquqbuzarlikdan 46 foizi qo‘pol qoidabuzarliklar hisoblanadi. Ayniqsa:

•    mast holda boshqarish Samarqand (12 mingta), Toshkent viloyati (8,5 ming), Farg‘ona (7,5 ming) va Toshkent shahrida (7 ming);
•    qizil chiroqqa o‘tish Toshkent viloyati (62 ming), Samarqand (51 ming) va Toshkent shahrida (47 ming) ancha yuqori.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

314

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing