Prezident yashnobodlik nuroniylarga umrni 10 yilga uzaytirishning yo‘lini o‘rgatdi (video)

Jamiyat

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yashnobod tumani rahbarlari, mahalla raislari, tadbirkorlar, maktab va sog‘liqni saqlash muassasalari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazgani haqida xabar bergan edik.

Shavkat Mirziyoyev uchrashuvda aholini doriga emas, balki to‘g‘ri ovqatlanish va sportga o‘rgatish butun jamoatchilikning vazifasi bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.

“Bizning eng katta fojiamiz kasal bo‘lish omili bo‘lgan ovqatlanish madaniyatimiz yo‘q. Agar biz shu ovqatlanish madaniyatimizni to‘g‘irlasak, 70 foiz kasalliklarning oldini olgan bo‘lardik. “Nuroniy” jamg‘armamiz uy oldida yurishni yo‘lga qo‘ysa. Mahallada har kuni 1 soat yotishdan oldin yurish qilsak va ertasi kuni ovqatimizni kamaytirsak, 50 foiz odam shifoxonaga bormaydi. Dorisiz, xarajatsiz 10 yilga umrlari uzoq bo‘ladi. O‘zimizni dunyo qarashimizni o‘zgartirishimiz kerak. Hammamiz dori ichamiz. Ibn Sino davrida dori ichilmaganku. O‘tlar borku. Nega har bir mahallada shuni tashkil qila olmaymiz.

Muhit paydo bo‘lishi kerak. Aholini ovqatlanish madaniyati va nuroniylar bilan kechki payt yurishni tashkil qilsak bo‘ladimi? Yashnobod rayonini tajribasi bo‘ladi. Butun respublikaga joriy qilsak. Agar sog‘ligimizni mustahkam qilib olsak qanchadan-qancha masalalar joy joyiga tushadi”, deya qayd etdi Shavkat Mirziyoyev.

Ochiq muloqotda aholi va tadbirkorlar o‘z fikr-mulohazalarini aytdi. Prezident bildirilgan takliflarni qo‘llab-quvvatlash va ularni amalga oshirish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

 


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

96

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing