Epidemiya yordam berdi. Eron COVID-19 tufayli 70 ming mahbusni ozod qildi
Olam
−
09 mart 2020
7477Eron Islom Respublikasi koronavirus tufayli 70 mingga yaqin mahbusni qamoqlardan ozod qildi. Bu haqda RIA Novosti Mizan Online agentligiga tayanib xabar berdi.
Eron sud hokimiyati rahbari Ibrohim Raisiyning so‘zlariga ko‘ra, ularni qamoqxonalarga qaytarish hozircha rejalashtirilmagan.
"Jamoat xavfsizligiga tahdid paydo bo‘lmagunicha mahbuslarni ozodlikka chiqarish davom etadi", dedi Raisiy.
Avvalroq, 54 mingga yaqin mahbus vaqtincha ozod etilishi haqida Eron sud hokimiyatining rasmiy vakili G‘ulomhusayn Ismoiliy ma’lum qilgan edi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Eronda 7 161 ta koronavirus bilan bog‘liq holat qayd etilgan. Ulardan 2 394 kishi davolangan, 237 kishi esa vafot etgan.
JSST ma’lumotiga ko‘ra, dunyo bo‘ylab virus bilan kasallanganlar soni 111 381 nafarga yetgan. 3 882 nafar bemor vafot etgan. Bu virusdan tuzalganlar soni esa 62 661 tani tashkil qilmoqda. Bemorlarning 5 979 nafari yoki 14 foizi og‘ir ahvolda.
LiveBarchasi