Prezident Valiyevga alohida vazifa yukladi

Jamiyat

image

Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari Bahriddin Valiyevga mamlakatda davom etayotgan energetik o‘g‘irliklar, xususan gazni talon-toroj qilish bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkazish va vaziyat bo‘yicha tartib o‘rnatish topshirildi. Bu haqdagi topshiriq bugun, 16 yanvar kuni Prezident huzurida energiya resurslari ta’minoti yuzasidan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda yangradi. 

Yig‘ilishda avtomobilga gaz quyish shoxobchalarida davom etayotgan o‘g‘irliklarga barham berish shartligi ta’kidlangan.

Aniqlanishicha, o‘tgan haftada birgina Vobkent tumani va Buxoro shahridagi 3 ta shoxobchada 26 million kubmetr (26 milliard so‘mlik) gazdan yashirincha foydalanish holatlari aniqlangan. Ushbu gaz hajmi bilan 44 ming xonadonni yoki bitta katta tuman aholisini 1 oy gaz bilan ta’minlash mumkin edi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Energetikadagi inqiroz Bahriddin Valiev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing