Prezident va Bosh vazir chegara postiga niqob taqib bordilar

Olam

image

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev mamlakatda favqulodda holat joriy etilgani va poytaxtda koronavirus pandemiyasi tufayli karantin o‘rnatilishi munosabati bilan tashkil etilgan Jibek yo‘li qishlog‘idagi 6-sonli nazorat-o‘tkazish punktini ko‘zdan kechirdi. Unga Hukumat raisi Asqar Mamin hamrohlik qildi. Gap shundaki, Davlat rahbari va ung hamrohlik qiluvchilar nazorat-o‘tkazish punkti niqoblarda tashrif buyurgan. 

Davlat rahbari shahar hokimligi, sog‘liqni saqlash, ichki ishlar idoralari, Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining karantin rejimini ta’minlashga tayyorligini har tomonlama yuqori baholagan. 

Prezident poytaxt hokimi, sog‘liqni saqlash, ichki ishlar va mudofaa vazirlarining koronavirus infeksiyasiga qarshi ko‘rilayotgan choralar to‘g‘risida ma’lumotlarini eshitgan. 

Pandemiyaga qarshi kurashda mamlakat tibbiyot xodimlarining mashaqqatli mehnatini qayd etgan davlat rahbari ularga minnatdorlik bildirdi va ish haqi va mukofot pullarini o‘z vaqtida to‘lash muhimligini ta’kidladi. 

Bosh vazir Asqar Maminga murojaat qilib, Qosim-Jomart To‘qayev jahonning o‘ta noqulay sharoitlarida iqtisodiyotni boshqarishning yangi yondashuvlarini ishlab chiqish zarurligiga e’tibor qaratdi. 


Maqola muallifi

Teglar

karantin Qosim-Jomart To'qaev koronavirus

Baholaganlar

367

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing