Prezident o‘zbek-tojik do‘stligi haqida kitob yozgan shoirni mukofotladi

Jamiyat

image

Shoir, ma’naviyat targ‘ibotchisi Xushboq Rahimov “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning shu to‘g‘risidagi tegishli farmoni bugun, 22 mart kuni e’lon qilindi.

“Ko‘p yillik samarali badiiy-ijodiy faoliyati bilan zamonaviy adabiyotimizni vatanparvarlik, fidoyilik, insoniylikni tarannum etuvchi asarlar bilan boyitish, xalqimizning ongu tafakkuri, ma’naviy salohiyatini yuksaltirish, farzandlarimizni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashga qo‘shgan munosib hissasi, yurtimizdagi tub islohotlar mohiyatini jamoatchilikka yetkazish, jamiyatda millatlararo do‘stlik va totuvlikni, turli millat va elat vakillari o‘rtasida o‘zaro hamjihatlik, mehr-oqibat muhitini mustahkamlash, milliy madaniyatlar va an’analarni rivojlantirish borasidagi katta xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun shoir, ma’naviyat targ‘ibotchisi Rahimov Xushboq “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlansin”, deyiladi Prezident farmonida.

Mukofot bugun, 22 mart kuni Toshkent shahar hokimligida topshirildi. Marosimda Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqov va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining ijodiy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Minhojiddin Mirzo ham ishtirok etdi.

Ma’lumot uchun, 2024 yilda Toshkentda Xushboq Rahimovning “Tojik do‘stim, o‘zbegingman” kitobi nashr etilgan. Prezident matbuot xizmati 20 mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Bektemir tumani Rohat mahallasiga tashrif buyurib, bayram saylida qatnashganida ushbu kitobni o‘qiyotgani aks etgan suratni e’lon qilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Xushboq Rahimov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing