Shavkat Mirziyoyev Urganchdagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga tashrifi davomida Urganch shahrining Xonqa ko‘chasida bunyod etilayotgan ko‘p qavatli uylarni borib ko‘rdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma’lum qilinishicha, bu yerda har biri 54 kvartirali to‘rtta 9 qavatli turar joy qurilmoqda. Monolit usulida, energiyatejamkor qurilish materiallaridan foydalangan holda bunyod etilmoqda. Xonadonlar tayyor holda topshiriladi. Yaqin oylarda bu yerga aholi ko‘chib kelib, hudud zamonaviy mavzelardan biriga aylanadi.

Xabarga ko‘ra, Prezident uyning shourumini kirib ko‘rgan. Mebellar, muhandislik tarmoqlarining sifatiga e’tibor qaratgan. Ko‘p qavatli uylarga malakali xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatma bergan.

Shu yerda Xorazmda amalga oshiriladigan bunyodkorlik ishlari, xususan, Urganch shahridagi “Binary” xalqaro universiteti uchun yangi bino barpo etish, avtomobil yo‘llarini ta’mirlash, ko‘prik qurish, kommunal xizmatlarni yaxshilash bo‘yicha loyihalar taqdimoti o‘tkazilgan.

Shu bilan Prezident Shavkat Mirziyoyevning Xorazm viloyatiga tashrifi yakunlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Xorazm

Baholaganlar

113

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing