Prezident o‘g‘liga yuqori lavozimni taklif qildi

Olam

image

Braziliya Prezidenti Jair Bolsonaru mamlakatning AQSHdagi elchisi lavozimini o‘g‘liga taklif qildi. Bu haqda BBC xabar berdi.

35 yoshli Eduardo Bolsonaru hozirda Braziliya parlamenti a’zosi va xalqaro masalalar bo‘yicha otasining maslahatchisi hisoblanadi. U jurnalistlarga unga rasmiy taklif bildirilsa, bu lavozimni egallashini ma’lum qilgan. Agar shunday bo‘lsa, u kongressmen kursisidan voz kechishiga to‘g‘ri keladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Prezidentning o‘g‘lini “norasmiy tashqi ishlar vaziri” deb hisoblashadi va Braziliyaning tashqi siyosatiga uning ta’siri katta ekanini aytishadi. U otasi singari, amerikacha qarashlarni ma’qullaydi va braziliyalik siyosatchilarga xos bo‘lmagan tarzda ochiqchasiga Isroilni qo‘llab-quvvatlaydi.

Joriy yilning mart oyida Bolsonaru AQSHga tashrifi davomida, Prezident Donald Tramp bilan Oq uydagi kechki ovqat vaqtida doim Braziliyani kommunistlardan tozalash istagida bo‘lganini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Braziliya Jair Bolsonaru

Baholaganlar

64

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing