“Prezident trassa”sida 5 ta avtomobil to‘qnashdi
3-sahifa
−
11 Oktabr 2021
9888Bugun, 11 oktyabr kuni Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi xalq tilida "Prezident trassa"si deb ataladigan Mustaqllik shoh ko‘chasida oldinma-ketin to‘qnashgan 5 ta avtomobil to‘qnashdi. Bu haqda IIV YHXBB Matbuot xizmati xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, soat 07:45 larda, Mirzo Ulug‘bek tumani, Mustaqillik shoh ko‘chasida, “Pushkin” metro bekati yaqinida oraliq masofani saqlamaslik oqibatida Captiva, “VAZ-2106”, Lacetti, Cobalt va Spark rusumli avtomobillar oldinma-ketin to‘qnashgan.
To‘qnashuv natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.
Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.
Avvalroq, Toshkentda Lacetti yo‘l o‘rtasidagi yoritish chirog‘i ustuniga urilib, yonishi oqibatida ikki kishi halok bo‘lgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi