Prezident Toshkentdagi yangi zavodni ochib beradi

Jamiyat

image
O‘zbekistonda Rossiya ko‘magida qurilgan zavod ishga tushiriladi  north_east

O‘zbekistonda Rossiya ko‘magida qurilgan zavod ishga tushiriladi 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 4 dekabr kuni poytaxtning Yangihayot tumanida barpo etilgan Toshkent metallurgiya zavodining ochilish marosimida ishtirok etadi.

Ushbu ulkan majmua O‘zbekiston iqtisodiyotida muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Chunki mamlakatda qora metallurgiya sanoati rivojlanmagan. Yangi korxonada yiliga 500 ming tonna rux va polimer qoplamali metall listlar ishlab chiqariladi. Ilgari bunday mahsulotlar asosan chetdan olib kelinardi.

Bu zavodda import o‘rnini bosuvchi tovarlar ishlab chiqarilib, iqtisodiyotda mahalliylashtirish darajasi sezilarli oshadi. Shuningdek, yiliga 90 million dollarlik mahsulot eksport qilinishi rejalashtirilgan. Majmuada 700 ga yaqin kishi ish bilan ta’minlanadi. Lekin turdosh tarmoqlar bilan birga 5 mingta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Mazkur zavodni barpo etish 2017 yil fevralda boshlangan edi. Qurilish ishlariga 420 million dollar sarflangan.

Prezidentning majmua ochilish marosimida ishtirok etishi, ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishishi ko‘zda tutilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Toshkent metallurgiya zavodi

Baholaganlar

440

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing