O‘zbekistonda Rossiya ko‘magida qurilgan zavod ishga tushiriladi 

Jamiyat

image

Joriy yil 4 dekabr kuni yiliga 500 ming tonna metall prokat ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan Toshkent metallurgiya zavodi ochilishi kutilmoqda.

"Ushbu loyiha o‘zbek tomoni va Rossiyaning "Metprom" muhandislik-qurilish guruhi tomonidan Rossiya Eksport markazi ko‘magida noldan amalga oshirildi", degan "Metrom" Prezidenti Andrey Deyneko. 

Shuningdek, Deyneko 4 dekabrdan zavodda ishlab chiqarish jarayoni boshlanishini ma’lum qilgan.

Deynekoga ko‘ra, loyihaga 325 million yevrodan ko‘p investitsiya kiritilgan. 

Rossiya Eksport markazi a’zosi Roseksimbank loyihani moliyalashtirishning 50 foizini ta’minlagan. Shuningdek, loyihada O‘zbekiston tomonidan xususiy investor va O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tenglik asosida ishtirok etgan (har biri 25 foizdan).

Deyneko, shuningdek, 30 ga yaqin ishlab chiqaruvchilar va mingga yaqin odamlarga Toshkent qurilish maydonchasida zavodni qurishdagi ishtiroki uchun ishlashga sharoit yaratib berilganini ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

313

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing