Prezident topshirig‘i: OTMlarda zerikarli ma’ruza va konspektlardan voz kechiladi

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy o‘quv yilini sifatli yakunlash, bitiruv va kirish imtihonlarini tashkil etish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazgani haqida xabar bergan edik.

Yig‘ilishda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi xuzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga oliy ta’lim muassasalariga reja va dasturlarni ish beruvchilar talabidan kelib chiqib mustaqil tasdiqlash vakolatini berish bo‘yicha vazifalar yuklatildi. Dasturlarning belgilangan talablarga mosligini nazorat qilish mexanizmi ham ishlab chiqiladi.

Zerikarli ma’ruzalar o‘qish, konspektlar yozdirish kabi o‘zini oqlamagan usullardan voz kechib, ta’lim metodikasini rivojlantirish va pedagoglar saviyasini oshirish g‘oyat muhim masalaligi ta’kidlandi.

Shu munosabat bilan, Xalq ta’limi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklariga bosqichma-bosqich masofaviy shaklda pedagoglar malakasini oshirish, dars mashg‘ulotlarini masofadan kuzatish, baholashda inson omilini kamaytirish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish topshirig‘i yuklatildi.

Iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularni kasbga yo‘naltirish tizimini takomillashtirish zaruriyatiga alohida e’tibor qaratildi. Litseylarning faoliyatini qayta ko‘rib chiqish, seleksiya ishlarini kuchaytirish maqsadida ta’lim jarayonlarini takomillashtirish yuzasidan vazifalar belgilandi.


Maqola muallifi

Teglar

OTM Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

455

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing