Prezident tashrifidan keyin “uchgan” hokim o‘rniga yangisi keldi

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 26 iyulda Samarqand viloyatiga amalga oshirgan tashrifidan so‘ng, Samarqand tumani hokimi Shuhrat Jamolov va Jomboy tuman hokimi Umidjon Nazarov hamda qolgan 3 sektor rahbarlari egallab turgan vazifalaridan ozod etilgani haqida xabar bergan edik. 

Bugun, 30 iyul kuni xalq deputatlari Jomboy tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tumanga yangi hokim tayinlandi. 

Sessiyada Samarqand viloyati hokimi Erkin Turdimov qatnashgan.

Kuni kecha lavozimidan ozod etilgan Umidjon Nazarov o‘rniga Hamza Hakimovich To‘ychiyev Jomboy tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlangan. 

Ma’lumot o‘rnida, Hamza To‘ychiyev 1978 yilda Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. U shu paytgacha Samarqand viloyati bo‘yicha g‘aznachilik boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Jomboy tumani Erkin Turdimov

Baholaganlar

42

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing